Toshkentdagi bog‘chada bolalarning ommaviy zaharlanish sababi ma’lum bo‘ldi

Toshkentdagi bog‘chada bolalarning ommaviy zaharlanish sababi ma’lum bo‘ldi

Avvalroq, Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 433-sonli MTMning 37 nafar tarbiyalanuvchisi ovqatdan zaharlangani haqida xabar bergan edik. Bolalar shifoxonaga yotqizilgandi.
 
Maktabgacha ta’lim vazirligi mazkur holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazib, uning natijalarini ma’lum qildi. Ma’lumotga ko‘ra, bolalardan tahlil namunalari olinib, Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati (DSEN) bakteriologik laboratoriyasiga yuborilgan.
 
DSEN xulosasi bo‘yicha Laboratoriya tahlili natijalari “Ovqat tayyorlash texnologiyasining qo‘pol buzilishi va sanitar qoidalarga rioya qilmaganlik sababli, 2018 yilning 5 oktyabrida 433-sonli MTMning oshpazlari tomonidan tayyorlangan “teftellar”da ehtimol Shigella Flexner 1b serotipi (xalqaro kasalliklari tasnifi bo‘yicha A05.8) ovqatdan zaharlanishni keltirib chiqargan”. Ammo aynan Shigella Flexner oqibatida ovqatdan zaharlanishning dastlabki tashhisi to‘liq tasdiqlanmagan. Tashhis natijalariga ko‘ra, 37 nafar boladan faqat 6 nafarida ushbu mikroorganizm aniqlangan. Shuningdek maxsus sovutgichdagi qopqoqli steril shisha idishlarda saqlanadigan kunlik ovqat namunalari ham tekshirilgan. Uzoq vaqt o‘tganiga qaramay, laboratoriyada bakteriologik tekshiruvlar ovqat namunasidan Shigella Flexnerni topmadi.
 
DSEN ning xulosasidan: “Laboratoriya tekshiruvlari natijalariga ko‘ra, sanitariya me’yorlariga amal qilinmaganligi aniqlangan. Ya’ni: 2 ta namunada (xom go‘sht va sutli kakaoda), ichak tayoqchalari bakteriyalari guruhi (ITBG), ichak mezofil aerob va fakultativ anaerob mikroorganizmlari (IMAFAM) aniqlangan.
 
Jamoat oshxonasidagi 66 ta mikrobiologik yuvish tahlillardan 28 tasida ITBG aniqlandi, bu esa texnologik uskunalar va idishlarning bakterial ifloslanishini ko‘rsatadi; - Guruhlarda tanlangan 57 ta yuvish tahlillardan 18 tasida idishlarning bakterial ifloslanishini ko‘rsatadigan ITBG aniqlandi; - Bolalar va xodimlardan ichak guruhiga mansub infeksiyalarni aniqlash uchun to‘satdan 167 namuna tekshirish uchun olindi (laboratoriya natijalari bo‘yicha salbiy natijalar yo‘q). Epidemiologik tekshirish va laboratoriya tadqiqotlari natijalari muassasaning oshxonasida sanitariya me’yorlari va qoidalariga rioya qilmaslikni ko‘rsatmoqda”
 
№433 MTMda dezinfeksiya va yuvish vositalari zahirasi yetarli darajada bo‘lishiga qaramay, tekshiruv vaqtida MTM xodimlari tomonidan kunlik foydalanish yetarli darajada emasligi aniqlangan.
 
Tekshiruvlar yakuniga ko‘ra, quyidagi choralar ko‘rilgan.
 
1. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, MTM ning 15 nafar xodimi, rejali tibbiy ko‘rikdan o‘tmaganligi uchun ishdan bo‘shatildi.
 
2. Hamshira va barcha oshxona xodimlari ishdan bo‘shatildi.
 
3. MTM rahbarining lavozimiga mos kelish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
 
4. Aniqlangan qoidabuzarliklar bo‘yicha materiallar Bosh prokuraturaga berildi

Qalampir.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!