Toshkentdagi Belarus davlat pedagogika universiteti filialiga 150 nafar talaba qabul qilinadi

Toshkentdagi Belarus davlat pedagogika universiteti filialiga 150 nafar talaba qabul qilinadi

2018 yilning 11 – 17-oktyabr kunlari Toshkent davlat pedagogika universitetida Maksim Tank nomidagi Belarus davlat pedagogika universitetining innovasion pedagogika fakultetiga kirish imtihonlari o‘tkaziladi. Bu haqda Turon24 xabar bermoqda.

Ikki oliy ta’lim muassasasi tomonidan imzolangan qo‘shma ta’lim dasturlariga muvofiq kirish imtihoni defektologiya, psixologiya hamda maktabgacha ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bo‘lib o‘tadi. Imtihonlar Belarus davlat pedagogika universiteti eskpertlari ishtirokida o‘tkaziladi.

Joriy o‘quv yili uchun qo‘shma fakultetga uch yo‘nalish bo‘yicha jami 150 nafar talaba shartnoma asosida qabul qilinishi rejalashtirilgan. O‘qishga qabul qilingan talabalar uch yil Toshkent davlat pedagogika universitetida va bir yil Belarus davlat pedagogika universitetida tahsil oladi.

Fakultet bitiruvchilariga har ikki oliy ta’lim muassasasining diplomi beriladi.

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo‘shma ta’lim dasturlari asosida bakalavriatga qabul qilingan talabalar uchun o‘qish istisno tariqasida joriy yilning 20 oktyabridan boshlanadi.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!