Toshkentda qarzini to‘lamagan “Naqlgazmaxsusqurilish” AJga tegishli ko‘chmas mulk sotildi

Toshkentda qarzini to‘lamagan “Naqlgazmaxsusqurilish” AJga tegishli ko‘chmas mulk sotildi

Majburiy ijro byurosining Yashnobod tuman bo‘limi ish yurituvida Farg‘ona tumanlararo Iqtisodiy sudining 20.09.2019 yildagi   4-1501-1901/4346-sonli ijro varaqasiga asosan qarzdor “Naqlgazmaxsusqurilish” AJdan 214 mln. 161 ming 841 so‘m soliq qarzi undirish haqidagi 100708/14-sonli ijro ishi bo‘lim davlat ijrochisi J.Raxmatov tomonidan qo‘zg‘atilgan.

Ijro hujjati tuman bo‘limiga 27.12.2019 yilda kelib tushgan bo‘lib, qarzdorga nisbatan ixtiyoriy muddat davomida qarzdor tomonidan qarzdorlik to‘lanmay kelgan.   Shunga ko‘ra,  ijro ishi yuzasidan qarzdor tomonidan ixtiyoriy ravishda soliq qarzdorlik to‘lanmay kelganligi sababli, bo‘lim  tomonidan  “Naqlgazmaxsusqurilish” AJga tegishli bo‘lgan Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Bunyod ko‘chasida joylashgan  er uchastkasining umumiy maydoni 22893 m2  bo‘lgan bino inshootlar xatlanib band solingan.

Yuqoridagi inshootlar boshlang‘ich narxi 17 mlrd. 335 mln. 943 ming so‘m miqdorda baholanilib 17.02.2020 yilda elektron onlayn-auksion orqali sotuvga chiqarilgan. 09.06.2020 yildagi №OA 1407-022601-sonli bayonnomaga asosan mazkur ko‘chmas mulk 10 mlrd 401 mln. 565 ming 800 so‘mga sotilib ijro hujjati ijrosi to‘liq ta’minlangan va ijro ishi yuritish tamomlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!