Toshkentda KIA piyodani urib yubordi

Toshkentda KIA piyodani urib yubordi

Toshkent shahri Yashnobod tumanida KIA mashinasi piyodani urib yubordi. Bu haqda shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar qildi.

Qayd etilishicha, yo‘l-transport hodisasi 24 may kuni taxminan soat 21:10 larda Yashnobod tumani Maxtumquli ko‘chasi 1-uy qarshisida sodir bo‘lgan. Haydovchi M.N. (1999 yilda tug‘ilgan) KIA transport vositasini boshqarib ketayotib, tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan fuqaro I.A.ni (1996 yilda tug‘ilgan) urib yuborgan.

YTH oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!