Toqayev: "162 kishi Qozog‘istonning yarim boyligiga egalik qiladi. Oddiy xalq og‘ir ahvolda. Vaziyatni tezda o‘zgartirish kerak"

Toqayev: "162 kishi Qozog‘istonning yarim boyligiga egalik qiladi. Oddiy xalq og‘ir ahvolda. Vaziyatni tezda o‘zgartirish kerak"

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev biznes vakillari bilan uchrashuvda aholining yarmining daromadi 50 ming tengedan (taxminan 1,4 ming dollar) oshmasligini, vaziyatni zudlik bilan o‘zgartirish kerakligini aytdi, deb yozadi Tengrinews.kz.

Toqayevning ta’kidlashicha, 2020 yilda milliy daromad tarkibida eng yuqori ulush biznes foydasiga to‘g‘ri keladi – 61,5 foiz. Soliq ulushi 7,3%, qozog‘istonliklarning maoshi esa uchdan biridan kamroqni tashkil qiladi.

«Bu juda kam. Misol uchun, Rossiyada iqtisodiyotning o‘xshash tuzilishiga qaramay, ish haqi 46,7% ni tashkil qiladi, ya’ni mamlakatimizdagidan 1,5 baravar ko‘p. Milliy daromadni taqsimlashda yaqqol nomutanosiblik va ochiq-oydin adolat muammosi mavjud.

Xalqaro ekspertlarning ta’kidlashicha, faqat 162 kishi davlatning yarmiga (mamlakat) egalik qiladi, aholining yarmi esa 50 ming tengedan oshmaydigan daromadga ega. Bunday pulga yashab bo‘lmaydi, vaziyatni zudlik bilan o‘zgartirish kerak», — dedi Prezident.

Bundan tashqari, Toqayevga ko‘ra, boylar va kambag‘allar o‘rtasidagi tafovut qabul qilib bo‘lmaydigan darajaga yetgan. Uning ta’kidlashicha, cheklangan elita guruhlari mamlakat iqtisodiy o‘sishidan foyda ko‘ra boshlagan, ko‘pchilikning daromadlari esa pasaygan yoki turg‘unlashgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!