Tojikiston o‘z rekordini qayta yangiladi

Tojikiston o‘z rekordini qayta yangiladi

2018 yilda Tojikiston konchilari o‘z rekordini yana bir bor yangilab, 1,9 million tonnadan ortiq ko‘mir qazib oldi, deya xabar berdi Asia Plus .

O‘tgan yili 12 ta kompaniya ko‘mir qazib olish bilan shug‘ullangan, ular respublikada to‘qqizta konni o‘zlashtirgan, deydi Sanoat va yangi texnologiyalar vazirligi.

Umumiy ishlab chiqarish hajmining 46% dan ortig‘i Talko-Resurs MCHJ, 23% Tojikiston temir va po‘latdan ishlov berish MCHJ ko‘mir ishlab chiqarish boshqarmasi tomonidan ishlab chiqarilgan.

So‘nggi yillarda Tojikiston rekord darajadagi ko‘mir qazib oldi - 2014 yilda 870 ming tonna, 2015 yilda 1 million tonnadan, 2016 yilda 1,4 million tonnadan va 2017 yilda 1,7 million tonnadan ortiq.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!