Termiz shahrida qo‘shmachi qo‘lga olindi

Termiz shahrida qo‘shmachi qo‘lga olindi

Termiz shahrida 2021 yil 11 dekabr kuni Angor tumanida yashovchi, I.Sarvigulning (ism shariflar o‘zgartirilgan) arizasiga asosan, viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi huzuridagi Tergov bo‘limi va Termiz shahar IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida, shu kuni soat 14:30 larda, shaharning "Guliston" mahallasida yashovchi, N.Nozigul yashash uyida 200.000 (ikki yuz ming) so‘m evaziga, shaharning "Bog‘ishamol" mahallasida yashovchi, P.Po‘lat va Qiziriq tumanida yashovchi, S.Sarvqomatlarga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlanib, ushlangan va ashyoviy dalil olingan.

16 dekabr kuni N.Nozigulga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!