Qurilishdagi tadbirkorlarga yangi imtiyozlar beriladi

Qurilishdagi tadbirkorlarga yangi imtiyozlar beriladi

“2024 yilda ipoteka kreditlarini ajratish mexanizmlarini takomillashtirish va aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

📆 2024 yil 1 maydan birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralarni sotib olish uchun ipoteka kreditlarini ajratishda ipoteka predmetini sug‘urta xavflaridan sug‘urta qilish talabi bekor qilinadi.

Ko‘p qavatli uy-joylarni qurish huquqi “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidagi elektron reyting bahosi “S” va “SS” bo‘lgan qurilish tashkilotlariga ham beriladi.

Bunda, elektron reyting bahosi “S” bo‘lgan tashkilotlarga 5 qavatdan yuqori bo‘lmagan, “SS” bo‘lgan tashkilotlarga – 9 qavatdan yuqori bo‘lmagan uy-joylarni qurishga ruxsat etiladi.

2025 yil 1 yanvargacha belgilangan yangi qurilish va maxsus texnikalarning importida bojxona bojining nol stavkasi qo‘llaniladi.

2025 yil 1 aprelgacha “yashil” uy-joy standarti talablari asosida qurilgan uy-joylarni sotib olish uchun jismoniy shaxslarga “yashil” ipoteka kreditlarini ajratish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!