AQShning 95 milliard dollarlik tashqi yordam paketi ortida nima bor?

AQShning 95 milliard dollarlik tashqi yordam paketi ortida nima bor?

Sinsinnati universiteti magistranti Bekir Ilhan Anadolu agentligi uchun AQShning Ukraina, Isroil va Tayvanga taxminan 95 milliard dollarlik yordam paketi haqida tahliliy maqola yozdi.

***

O‘tgan hafta AQSh prezidenti Jo Bayden Jo Bayden Ukraina, Isroil va Tayvanga 95 milliard dollarlik harbiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi kongress tomonidan ma’qullangan qonun loyihasini imzoladi.

Paket Isroilga 26 milliard dollar, Ukrainaga 61 milliard dollar va Tayvanga 8 milliard dollar ajratishni nazarda tutadi.

Qonun Bayden ma’muriyatining ulug‘vor tashqi siyosati, jumladan, xorijiy harbiy yordam ajratishning yana bir ko‘rinishidir.

Hokimiyatga kelganidan beri Bayden dunyoni «avtoritar rejimlar va demokratiyalar»ga ajratdi va AQSh «demokratiyalar»ni qo‘llab-quvvatlashini e’lon qildi. Ushbu strategiya mantig‘i Vashingtonning yirik kuchlar raqobatida status-kvoni o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan harakatlarga qarshi mo‘’tadil rolini ta’kidlashdan iborat.

Eslatib o‘tamiz, Qo‘shma Shtatlar Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishiga to‘sqinlik qilmaslikni tanladi. AQShning Ukrainaga jiddiy harbiy yordami ukrainaliklar Kiyevni qulashdan saqlay olgandan keyingina boshlandi.

Biroq, xorijiy yordamning ortiqcha xarajatlari amerikaliklarni Tayvanda shunga o‘xshash stsenariy takrorlanishining oldini olishga undashi mumkin.

Shu nuqtai nazardan qaraganda, so‘z yuritilayotgan yordam paketi Amerika ichki siyosatining quroliga aylandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!