Qirg‘izistonda muzqaymoq ortilgan yuk mashinasi 29 bolani urib yubordi, 7 nafari jonlantirish bo‘limida

Qirg‘izistonda muzqaymoq ortilgan yuk mashinasi 29 bolani urib yubordi, 7 nafari jonlantirish bo‘limida

2 may kuni soat 13:30 atrofida Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatining Sozaq tumanida muzqaymoq ortilgan kichik yuk mashinasi 29 nafar bolani urib yubordi, deb xabar berdi Kabar agentligi.

Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligi jabrlangan bolalar 9 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lganini ma’lum qildi. Hozirda 7 nafar bola viloyat kasalxonasida, uch nafarining ahvoli og‘ir.

Sozaq tuman kasalxonasida 3 nafar, markaziy shifoxonada 8 nafar bola bor. Ularning ahvoli o‘rtacha og‘ir deb baholandi.

Voqea joyida 11 nafar bolaga tibbiy yordam ko‘rsatilib, ambulator davolanishga jo‘natildi.

Qirg‘iziston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri Alimqadir Beyshenaliyev jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish masalasini shaxsan nazoratga olib, ularga sifatli tibbiy yordam va dori-darmonlarni yetkazib berish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!