RFning uchta viloyatida 7,9 mingdan ortiq aholi suv toshqini tufayli tibbiy yordamga murojaat qildi

RFning uchta viloyatida 7,9 mingdan ortiq aholi suv toshqini tufayli tibbiy yordamga murojaat qildi

Rossiyaning Orenburg, Qo‘rg‘on va Tyumen viloyatlaridan 7,9 mingdan ortiq aholi suv toshqini oqibatlari tufayli shifokorlarga murojaat qildi. Bu haqda Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri yordamchisi Aleksey Kuznesov ma’lum qildi.

«Tyumen viloyatida suv toshqini tufayli 188 kishi tibbiy yordamga murojaat qilgan, shundan 16 kishi, jumladan, 10 bola kasalxonaga yotqizilgan. 6 kishi shifoxonada tibbiy yordam olishda davom etmoqda. 172 nafar murojaat etuvchiga ambulator sharoitda tibbiy yordam ko‘rsatildi. Qo‘rg‘on viloyatida suv toshqini tufayli 444 nafar aholiga tibbiy yordam ko‘rsatildi, ulardan 109 nafari, jumladan, 18 nafar bola kasalxonaga yotqizildi, 26 nafari stasionar davolanishda qolmoqda. 333 kishiga ambulatoriya sharoitida tibbiy yordam ko‘rsatildi», — dedi Kuznesov, TASS agentligidan iqtibos keltirgan holda.

Uning qayd etishicha, suv toshqini davrida Orenburg viloyatida 7301 kishiga yordam ko‘rsatilgan, ulardan 447 nafari kasalxonaga yotqizilgan. «10 nafar bola shifoxonada davolanmoqda», - deya qo‘shimcha qildi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!