Kiyev Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi delimitasiya kelishuvini olqishlaydi

Kiyev Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi delimitasiya kelishuvini olqishlaydi

Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba armanistonlik hamkasbi Ararat Mirzoyan bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Ukraina tashqi ishlar vazirligi rahbari ijtimoiy tarmoqdagi akkauntida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar Ukraina va Janubiy Kavkazdagi xavfsizlik vaziyati bilan bog‘liq dinamikani muhokama qilgan.

Ukraina diplomati suhbat chog‘ida Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi chegarani delimitasiya qilish bo‘yicha kelishuvni olqishlaganini ta’kidladi.

Kulebaning aytishicha, vazirlar ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida tomonlarni qiziqtirgan keng ko‘lamli masalalar yuzasidan siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazishga kelishib olgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!