Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor haydovchi Qamchiq dovonida ushlandi

Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor haydovchi Qamchiq dovonida ushlandi

Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlangan va vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydoniga qo‘yilgan.

Ma’lum bo‘ligicha, Farg‘ona viloyatida qayddan o‘tkazilgan «Nexia-2» rusumli avtomobil to‘xtatilib tekshirilganda, yo‘l harakati qoidabuzarliklari bo‘yicha muddati o‘tib ketgan 100 mln so‘mlik qarzi borligi, umumiy hisobda 28 marta yo‘l harakati qoidasini buzgani va qidiruvga berilgani aniqlangan.

Avtomobil toki jarimalar o‘ndirilgunga qadar vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydoniga qo‘yilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!