MIB bank foydasiga 200 000 AQSh dollarlik qarzni undirdi

MIB bank foydasiga 200 000 AQSh dollarlik qarzni undirdi

Toshkent tumanlararo Iqtisodiy sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor "E.F." korxonasidan undiruvchi XATB “Ravnaq bank” foydasiga 1 mln. 311 ming 327.97 AQSh dollari miqdorida kredit qarzini undirish va undiruvni “L.C.W” xususiy korxonasiga tegishli bo‘lgan garovga qo‘yilgan Mirobod tumanida joylashgan ko‘p qavatli uylardan biriga qaratish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga kelib tushgan va qarzdorga 15 kunlik ihtiyoriy muddat berilgan.

Davlat ijrochisi tomonidan berilgan ihtiyoriy muddat o‘tgandan so‘ng bir necha marotaba ogoxlantirishlar berilishiga qaramay katta miqdordagi kredit qarzdorligi qarzdor korxona tomonidan to‘lanmay kelingan.

Shundan so‘ng, Byuroning Chilonzor tuman bo‘limi tomonidan majburiy ijro harakatlariga kirishilib, garov mulki bo‘lgan Mirobod tumanida joylashgan ko‘p qavatli uylardan biri davlat ijrochisi tomonidan xatlangan va undiruvchining ishonchli vakiliga vaqtincha saqlash uchun topshirilgan. Hozirgi kunda mazkur garovdagi ko‘chmas mulklar belgilangan tartibda auksion savdolariga chiqarish choralari ko‘rilmoqda.

Davomiy olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor "E.F." MCHJdan undiruvchi "RAVNAQ-Bank" AJ foydasiga 200 ming AQSh dollari hamda 250 mln. so‘m qarzdorlik summalari qisman bank foydasiga undirilgan.2


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!