“Rosatom” va “O‘zatom” O‘zbekistonda birinchi atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha shartnomani yakunlamoqda

“Rosatom” va “O‘zatom” O‘zbekistonda birinchi atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha shartnomani yakunlamoqda

“Rosatom” davlat korporasiyasi va “O‘zatom” agentligi Jizzax viloyatida O‘zbekistonning birinchi atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha shartnomani yakunlash bosqichida, deb xabar beradi Kazinform agentligi IRNAga tayanib.

AES loyihasi VVER-1200 tipidagi reaktorlar bilan jihozlangan ikkita energoblokni qurishni nazarda tutadi.

Qayd etilishicha, ushbu turdagi reaktor “3+” avlodiga tegishli bo‘lib,xavfsizlik va samaradorlikning eng yuqori xalqaro standartlariga javob beradi.

“Rosatom” davlat korporasiyasi O‘zbekistonda birinchi atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha pudratchi sifatida tanlangan.

Jizzax viloyatida joylashgan Tuzkon ko‘li hududini tanlash muhandislik tadqiqotlari natijalariga ko‘ra aniqlangan.

Birinchi energiya blokining ishga tushirilishi 2030 yilda, ikkinchi blokning ishga tushirilishi esa 2033 yilda amalga oshirilishi kutilmoqda. Loyihaning dastlabki qiymati 11 milliard dollarga baholanmoqda.

Ma’lumot uchun, 2017 yildan so‘ng O‘zbekistonda “O‘zatom” Atom energetikasini rivojlantirish agentligi tashkil etildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!