Shols va Makron Si Szinpin tashrifi oldidan “maxfiy uchrashuv” o‘tkazishadi

Shols va Makron Si Szinpin tashrifi oldidan “maxfiy uchrashuv” o‘tkazishadi

Germaniya kansleri Olaf Shols va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Parijda “maxfiy kechki ovqat” o‘tkazadi. Uchrashuv Xitoy rahbari Si Szinpin Fransiyaga kelishidan bir necha kun oldin bo‘lib o‘tadi.

Politico nashrining yozishicha, Shols va Makron uchrashuvda o‘z rafiqalari bilan bo‘lishadi. U fransuz restoranlaridan birida bo‘lib o‘tadi.

Jurnalistlarning aniqlik kiritishicha, asosiy mavzu 5 may, yakshanba kuni Fransiyaga keladigan va u yerda uch kun qoladigan Si Szinpinning tashrifi bo‘ladi. Germaniya kansleri Fransiya prezidentiga o‘tgan oy Xitoyga qilgan safari haqida aytib berishi mumkin.

Germaniya Marshall jamg‘armasi rasmiysi Noa Barkinning ma’lum qilishicha, Makron Sholsni kelasi hafta Si Szinpin bilan uchrashuvida ishtirok etishga ko‘ndirmoqchi. Shuningdek, Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen ham ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Politico gazetasining yozishicha, kechki ovqat paytida Makron va Shols YEIda mudofaani moliyalashtirish masalasini ham muhokama qilishlari mumkin. Fransiya prezidenti harbiy investisiyalarni moliyalashtirish uchun Yevropada qarz berishni o‘z ichiga olgan "mudofaa obligasiyalari" yaratmoqchi. Shols hozircha tashabbusni qo‘llab-quvvatlamaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!