666,6 million so‘m kredit o‘zlashtirib yuborildi

666,6 million so‘m kredit o‘zlashtirib yuborildi

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda kredit mablag‘ini talon-toroj qilgan MCHJ aniqlandi.

“A.A.” mas’uliyati cheklangan jamiyat mas’ul shaxslari va boshqalar ishlab chiqarish sexi binosini soxta hujjatlar bilan garovga qo‘yib, naslli chorva mollarini olib kelish maqsadida tijorat banki filialidan ajratilgan 666,6 million so‘m kreditni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!