Rossiya harbiylari taslim bo‘lgan kamida 15 nafar ukrainalik askarni qatl qilgan

Rossiya harbiylari taslim bo‘lgan kamida 15 nafar ukrainalik askarni qatl qilgan

2023 yil dekabr oyi boshidan beri Rossiya harbiylari taslim bo‘lgan kamida 15 nafar ukrainalik askarni qatl qilgan.

Bu haqda Human Rights Watch inson huquqlari tashkiloti xabar berdi.

"Rossiya Qurolli kuchlari 2023 yil dekabr oyi boshidan beri taslim bo‘lishga uringan kamida 15 nafar ukrainalik askarni va oldinroq taslim bo‘lgan 6 nafar ukrainalik askarni o‘ldirganligi haqida ma’lumotlar bor. Mutaxassislar 2023 yil oxiri va 2024 yil boshida ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan dron tasvirlarini tekshirish va tahlil qilish orqali sudsiz qatl qilingan 3 ta holatni o‘rganib chiqdi va bunday hodisalarning barchasini harbiy jinoyat sifatida tekshirish zarur", — deyiladi HRW hisobotida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!