Rossiyada yangi avtomobillar savdosi 71 foizga oshdi

Rossiyada yangi avtomobillar savdosi 71 foizga oshdi

Joriy yilning dastlabki to‘rt oyida Rossiyada yangi avtomobillar savdosi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 71 foizga oshib, 552,7 ming donani tashkil etdi.

Rossiya Federasiyasi Sanoat va savdo vazirligidan berilgan yozma bayonotda, sanksiyalar tufayli G‘arb kompaniyalari yetkazib berishni to‘xtatgan Rossiya avtomobil sektori haqida ma’lumotlar mavjud.

Bayonotda, joriy yilning dastlabki to‘rt oyida mahalliy avtomobillar savdosi 2023 yilning shu davriga nisbatan 35 foizga oshib, 322 mingtaga ko‘tarilgani qayd etildi. Ushbu ma’lumotlarga ko‘ra, yangi avtomobillar savdosi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 71 foizga o‘sdi va 552 ming 700 donaga etdi.

2022 yilning fevraligacha Rossiya bozorida yetakchi o‘rinlarni egallab kelgan G‘arb avtomobil kompaniyalari Ukrainada urush boshlanishi bilan mamlakatdan chiqishlarini e’lon qildi.

Rossiyada pasayish kuzatilgan avtomobil bozori tiklana boshladi. Xitoy kompaniyalari bu mamlakatga eksport hajmini sezilarli darajada oshirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!