“Kim oladi-yo shuginani-yo”: Surxondaryoda “Boysun bahori” xalqaro festivali bo‘lib o‘tmoqda

A A A
“Kim oladi-yo shuginani-yo”: Surxondaryoda “Boysun bahori” xalqaro festivali bo‘lib o‘tmoqda

Bugun, 2 may kuni Surxondaryoda “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali boshlandi. Festival Turizm qo‘mitasi, Surxondaryo viloyati hokimligi hamda Madaniyat vazirligi hamkorligida Boysun tumanining Bibishirin mahallasida joylashgan turizm kompleksida tashkil etildi.

Ma’lumot uchun, Boysun – 2001 yilda UNESCO tomonidan «Insoniyatning og‘zaki va nomoddiy madaniy merosi» durdonasi sifatida e’tirof etilib, 2008 yilda UNESCOning «Insoniyatning nomoddiy madaniy meros» reprezentativ ro‘yxatiga kiritilgan. Birinchi «Boysun bahori» festivali 2002 yilda o‘tkazilgan. Oxirgi marta festival 2022 yilning 7-8 may kunlari tashkil etilgan. Shundan so‘ng, xalqaro festival UNESCO shafeligi ostida har 2 yilda bir marta o‘tkazilishi belgilandi.

Bu yil yettinchi marta tashkil etilgan festival betakror turistik maskan, milliy urf-odatlar, xalq o‘yinlari, liboslar namoyishlari hamda konsert dasturi bilan yodda qoldi. Festival ertaga ham davom etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!