Fuqaro 35 gektar yerni noqonuniy sotayotgan paytda qo‘lga olindi

Fuqaro 35 gektar yerni noqonuniy sotayotgan paytda qo‘lga olindi

Buxoroda huquq-tartibot idoralari hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazdi.

58 yoshli erkak Romitan tumani hokimligi tomonidan 10 yil muddatga ijaraga berilgan 35 gektar yerni vakolatli tanishlari orqali boshqa bir fuqaroning nomiga rasmiylashtirishni va’da qilib, evaziga 30 ming AQSh dollari va 20 million so‘m miqdoridagi pulni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!