Gazprom 2023 yilda 629 milliard rubl yo‘qotdi

Gazprom 2023 yilda 629 milliard rubl yo‘qotdi

Rossiyaning Gazprom energetika kompaniyasi 2023 yilda 629 milliard rubl (taxminan 6,8 milliard dollar) zarar ko‘rdi.

Gazprom tomonidan e’lon qilingan hisobotga ko‘ra, kompaniyaning o‘tgan yili daromadi 2022 yilga nisbatan 11,7 trillion rubldan 8,5 trillion rublgacha qisqargan.

Sotishdan tushgan tushum ham 2023 yilda o‘tgan yilga nisbatan 1,9 trillion rubldan 364 milliard rublgacha qisqardi. Rossiya kompaniyasi o‘tgan yilni 629 milliard rubl zarar bilan yakunladi.

2022 yilda 1,2 trillion rubllik sof foyda keltirgan Gazpromning, ayniqsa Yevropaga tabiiy gaz eksporti sanksiyalar tufayli sezilarli darajada qisqardi.

Kompaniya Xitoyga va ichki bozorga tabiiy gaz etkazib berishni ko‘paytirish orqali Evropadagi daromad yo‘qotilishini qoplashga harakat qilmoqda, shuningdek suyultirilgan gazga (LNG) investisiyalarni ko‘paytirmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!