Rossiya ta’lim vaziri MGIMOning Toshkentdagi filialiga tashrif buyurdi

Rossiya ta’lim vaziri MGIMOning Toshkentdagi filialiga tashrif buyurdi

Valeriy Falkov bu yerda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishib xotira daftariga o‘z tilaklarini yozib qoldirdi.

MGIMOning Toshkentdagi filiali:

🔸 Bu Moskva Davlat Xalqaro munosabatlar institutining xorijdagi yagona filiali.

🔸 Bu yerda O‘zbekistonda muqobili yo‘q 6ta mutaxassislik bo‘yicha ta’lim olish mumkin.

🔸 Filial huzuridagi liseyda Rosssiya OTMlariga kirish uchun kerak bo‘ladigan Yagona davlat imtihonini (EGE) topshirish mumkin. Bu O‘zbekistondagi akkreditasiyalangan yagona o‘quv maskani.

MGIMOning Toshkentdagi filiali 2019 yilda ishga tushgan. Bugun bu yerda 455 nafar talabalar 6ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘qitilmoqda. 75 nafar magistr uni tamomlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!