O‘zbekiston tibbiyoti og‘ir judolikka uchradi

O‘zbekiston tibbiyoti og‘ir judolikka uchradi

Sog‘liqni saqlash tizimida mas’ul lavozimlarda ishlagan fidoyi shifokor, tashkilotchi rahbar, tibbiyot fanlari doktori Yuldashev Rustam Shavkatovich 59 yoshida vafot etdi.

R. Yuldashev 1965 yil 7 iyulda Buxoro viloyatida tug‘ilgan. 1988 yil Toshkent davlat tibbiyot institutini tamomlagan.

Turli yillarda Qashqadaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokori, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qarshi filiali direktori, Qashqadaryo va Sirdaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i kabi mas’ul lavozimlarda ishlagan.

2021 yil I darajali "Salomatlik" ordeni bilan taqdirlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!