Samarqand viloyati prokuraturasi 22 dona iPhone xarid qildi

Samarqand viloyati prokuraturasi 22 dona iPhone xarid qildi


Samarqand viloyati prokuraturasi salkam yarim milliard so‘mga 22 dona iPhone qurilmasi xarid qildi, deb xabar beradi Podrobno.uz muxbiri.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘tgan yil oxirida prokuratura tomonidan qiymati 440 million so‘mdan ortiq bo‘lgan 22 dona iPhone 14 Pro Max xarid qilingan, biroq yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda bu ma’lumot tarqaldi.

Telefonlar tarmoq faoliyatini takomillashtirish, jismoniy va yuridik shaxslar bilan aholi, jamiyat va davlat manfaati yo‘lida axborot almashish maqsadida budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan xarid qilingani haqida boshqarma matbuot xizmati xabar qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!