Rossiyadan Armanistonga pul o‘tkazmalari hajmi 40 foizga kamaydi

Rossiyadan Armanistonga pul o‘tkazmalari hajmi 40 foizga kamaydi

2024 yilning birinchi choragida Rossiyadan Armanistonga jismoniy shaxslardan pul o‘tkazmalarining sof oqimi 656,6 million dollarni tashkil etdi. 2023 yilning birinchi choragiga nisbatan bu ko‘rsatkich 40 foizga kamaydi. Bu haqda Armaniston Markaziy banki vakili Hayk Avetisyan ma’lum qildi, deya xabar beradi «Interfaks».

Yanvar-mart oylarida Rossiyadan o‘tkazilgan pul o‘tkazmalari barcha tushumlarning 77,1 foizini tashkil etdi. Xuddi shu davrda Armanistondan Rossiyaga jismoniy shaxslarga 140 million dollar o‘tkazilgan.

Rossiya chegara xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili 616,6 ming Armaniston fuqarosi Rossiyaga kirgan. 2020–2021 yillardagi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada o‘zini millatiga ko‘ra arman deb hisoblaydigan 950 mingga yaqin kishi doimiy asosda istiqomat qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!