Sirdaryoda ayol va uning farzandlarini o‘ldirib, uyni yoqib yuborishdi

Sirdaryoda ayol va uning farzandlarini o‘ldirib, uyni yoqib yuborishdi

Joriy yilning 27 aprel kuni soat 02:55 atrofida Sirdaryo tumanidagi uylarning birida sodir bo‘lgan yong‘indan keyin uch nafar jasad, ayol va uning farzandlarining jasadi qotillik alomatlari bilan topildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovga tayanib, UzNews.uz xabar berdi.

Unga ko‘ra, jinoyatni fosh etish yuzasidan prokuratura hamda ichki ishlar organlarining malakali va tajribali xodimlaridan iborat tezkor-tergov guruhi tomonidan ko‘rilgan zarur choralar natijasida gumonlanayotgan shaxs qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan JKning 97-moddasi 2-qismi “a”, “j” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari olib borilib, sodir etilgan hodisaning sabablari aniqlanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!