O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida 18 milliard dollarlik shartnomalar imzolanadi

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida 18 milliard dollarlik shartnomalar imzolanadi


O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida 18 milliard dollarlik shartnomalar tuziladi, deb xabar bermoqda «Podrobno.uz» muxbiri.

Bu haqda Shavkat Mirziyoyevning uchinchi Toshkent xalqaro investisiya forumida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurgan Energetika vaziri shahzoda Abdulaziz bin Salmon Ol Saud bilan uchrashuvida ma’lum bo‘ldi.

Hozirda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi qo‘shma loyihalar portfeli 30 milliard dollardan oshdi va Saudiya Arabistonining ACWA Power kompaniyasi O‘zbekiston energetika sohasini rivojlantirish bo‘yicha eng yirik investor hisoblanadi.

Joriy forum doirasida yana 18 milliard dollarlik yashil energiya, infratuzilma, sog‘liqni saqlash va farmasevtika sohasidagi loyihalar bo‘yicha kelishuvlar imzolanadi.

Uchrashuvda tomonlar axborot-kommunikasiya texnologiyalari, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda yangi loyihalarni ilgari surish zarurligini ta’kidladilar.

Bugun Shavkat Mirziyoyev Toshkent investisiya forumining boshqa mehmonlari bilan ham bir qator masalalarni muhokama qildi. Xususan, Vazirlar Mahkamasi raisi – Qirg‘iziston Prezidenti Administrasiyasi rahbari Oqilbek Japarov bilan uchrashuvda tomonlar Qambarota GES-1 va «Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temir yo‘li qurilishining amaliy jihatlarini muhokama qildi.

Birlashgan Arab Amirliklari Iqtisodiyot vaziri Abdulla bin Al Marri bilan uchrashuvda savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikning qo‘shma loyihalari muhokama qilindi, ularning qo‘shma portfeli 4 milliard dollarga yetdi.

Prezident Ummonning savdo, sanoat va investisiyalarni rivojlantirish vaziri Qays bin Muhammad al-Yusufni ham qabul qildi va u bilan yaqin vaqt ichida Hukumatlararo komissiya majlisi va qo‘shma biznes-forum o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!