AQSh yadro qurollari ustidan nazoratni sun’iy intellektga topshirmaslikka chaqirdi

AQSh yadro qurollari ustidan nazoratni sun’iy intellektga topshirmaslikka chaqirdi

Vashington Pekin va Moskvani sun’iy intellektni yadro qurolidan foydalanishga oid qarorlardan chetlashtirish majburiyatini olishga chaqirdi. Bu haqda AQSh Davlat departamentining Qurollarni nazorat qilish byurosi rahbari o‘rinbosari Pol Din ma’lum qildi.

"Qo‘shma Shtatlar yadro qurolidan foydalanish qarorini hech qachon sun’iy intellektga topshirmaydi. Fransiya va Buyuk Britaniya ham bu masalada AQSh bilan hamfikr", — deya ta’kidladi Din.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!