Qozog‘iston ketma-ket 3 yil harbiy parad o‘tkazmaslikka qaror qildi

Qozog‘iston ketma-ket 3 yil harbiy parad o‘tkazmaslikka qaror qildi

Qozog‘iston 7 may – Vatan himoyachilari kuni hamda 9 may – G‘alaba kunida harbiy marshlar o‘tkazmaydi.

Mamlakat hukumati avvaliga, budjet mablag‘larini tejash va boshqa muammolar tufayli harbiy yurishlarni cheklagandi. Shunga qaramay, 9 may kuni «O‘lmas polk» yurishlarining analogi bo‘lgan «Botirlarga ta’zim» nomli parad o‘tkazish rejalashtirilgan edi.

Biroq Olmaota hokimiyati «dunyodagi notinch vaziyat» hamda suv toshqinlarining og‘ir oqibatlari tufayli Ikkinchi jahon urishiga bag‘ishlab o‘tkaziladigan marshlarni ham ta’qiqladi.

Tadbirlar onlayn shaklda o‘tkazilishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!