Parij-2024: Rossiyalik volontyorlar uchun akkreditasiyaga rad javobi berildi

Parij-2024: Rossiyalik volontyorlar uchun akkreditasiyaga rad javobi berildi

Parij Olimpiadasida ishlash istagida bo‘lgan rossiyalik volontyorlarga rad javobi berildi

Bu haqida beshta Olimpiadada ishlagan rossiyalik volontyor ayol ma’lum qildi.

"Kecha tashkiliy qo‘mitadan rasmiy xat oldim. Unda Fransiya rasmiylari mening arizamni qabul qilishmaganligi ma’lum qilingandi.

Men 20 nafarga yaqin rossiyalik boshqa volontyorlar bilan ham bog‘landim. Ammo ularga ham rad javobi berilgan", - dedi u.

Ma’lumot uchun, Parij Olimpiadasida dunyo bo‘ylab 45 ming nafardan ortiq ko‘ngillilar ishlaydi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!