Eron Isroilni qo‘llab-quvvatlagani uchun AQSh va Buyuk Britaniyaga qarshi sanksiyalar kiritdi

Eron Isroilni qo‘llab-quvvatlagani uchun AQSh va Buyuk Britaniyaga qarshi sanksiyalar kiritdi

Eron Isroilni qo‘llab-quvvatlagani uchun AQSh va Buyuk Britaniyaga qarshi sanksiyalar kiritdi

Eron Tashqi ishlar vazirligining bildirishicha, choralar, xususan, Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Grant Shepps, general Jeyms Xokkenxull va Qizil dengizdagi Britaniya harbiy-dengiz kuchlarining kemalariga qarshi qaratilgan.

Shuningdek, sanksiyalar ro‘yxatiga AQShning yetti nafar fuqarosi, jumladan general Brayan Fenton va AQSh dengiz kuchlari markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni, vise-admiral Bred Kuper ham kiritilgan.

Shuningdek, AQSh va Buyuk Britaniyaning bir qator kompaniyalari, jumladan AQShning Lockheed Martin va Chevron firmalari, shuningdek, Britaniyaning Parker Meggitt, Rafael UK kompaniyalari va Isroilning Elbit Systems mudofaa kompaniyasining Britaniyadagi sho‘ba korxonasiga ham sanksiyalar joriy etildi.

Sanksiyalar Erondagi hisoblarni to‘xtatib turish va aktivlarni muzlatish, shuningdek, mamlakatga kirishni taqiqlashni o‘z ichiga oladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!