Ukraina va Armaniston o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi

Ukraina va Armaniston o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi

Armaniston tashqi ishlar vaziri Ararat Mirzoyan Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbatdoshlar ikki tomonlama munosabatlar kun tartibi va siyosiy muloqotga oid masalalarni muhokama qildilar. Armaniston va Ukraina tashqi ishlar vazirlari mintaqaviy masalalarga ham to‘xtaldi.

Mirzoyan Janubiy Kavkazda mustahkam tinchlik va barqarorlikka erishish yo‘lidagi sa’y-harakatlarni ta’kidlar ekan, Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish, jumladan, delimitasiya jarayonida hududiy yaxlitlik tamoyiliga so‘zsiz hurmat ko‘rsatish, 1991 yildagi Olma-Ota deklarasiyasiga sodiqlik hamda Ozarbayjon o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solish muhimligini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!