Iroq bilan chegarada bir eron askari halok bo‘ldi, ikki nafari yaralandi

Iroq bilan chegarada bir eron askari halok bo‘ldi, ikki nafari yaralandi

Eronning IRNA rasmiy axborot agentligi xabariga ko‘ra, Iroq bilan chegaradosh g‘arbiy Kurdiston mintaqasidagi Bana shahrida chegarachilar hujumga uchragan.

Kurdiston viloyati polisiyasi boshlig‘i o‘rinbosari Lutfulloh Dorabiy hujumni kecha tunda bir-biriga qarama-qarshi guruhlar amalga oshirgani va voqea haqidagi ma’lumotlar keyinroq jamoatchilikka yetkazilishini aytdi.

Eron rasmiysining aytishicha, hujumda yaralangan ikki askar shifoxonada davolanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!