Tailandda makakalar qulga aylantirildi, ularga majburlab kokos terdirishmoqda

Tailandda makakalar qulga aylantirildi, ularga majburlab kokos terdirishmoqda

Tailandda maymunlar kokos yong‘oqlarini terishga majburan jalb etildi. Makakalar odamlarga qaraganda bu vazifani tezroq bajara olishadi – solishtiradigan bo‘lsak, katta yoshli erkak makaka bir kunda 1,6 ming kokos yig‘adi, erkak kishi esa atigi 80 ta.

Biroq, ko‘pincha maymunlar o‘z vaznidan oshib ketadigan mevalarni tashishlariga to‘g‘ri kelyapti. Bundan tashqari, primatlar ayni vaqtda dahshatli ahvolda saqlanib, ularni zanjirlarda ushlab turishibdi, tishlab olmasliklari uchun esa tishlari bog‘langan, deya xabar bermoqda «ekolog.uz».

Hayvonlarga nisbatan qilingan shafqatsizlik haqidagi ma’lumotlar tezda ommaviy axborot vositalariga tarqaldi.

“Daily Mail” nashrining xabar berishicha, Britaniyaning supermarketlar tarmog‘i Tailanddan kelgan makakalarning qullik mehnati evaziga yig‘ilgan kokos yong‘og‘idan voz kechgan.

Hukumat bu borada qonun loyihasi ishlab chiqayotganligi va makakalarning mehnatidan foydalanmaslik yuzasidan ushbu qonun loyihasini tasdiqlashi kutilayotgan ekan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!