Andijonda murakkab yurak jarrohligi operasiyasi o‘tkazildi

Akademik V.Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi yurak jarrohligi bo‘limi boshlig‘i tibbiyot fanlari doktori Ulug‘bek Axmedov rahbarligidagi shifokorlar brigadasi hamda Andijonlik shifokorlar yurakning murakkab operasiyasini o‘tkazdilar, yurakning chap qorinchasi anevrizmasini olish va tromboektomiyasi, yurak qorinchalararo arteriyasi endoarterioektomiyasi, to‘rt yurak arteriyasini shuntlash operasiyasini o‘tkazgan bemordga "Yurak ishemik kasalligi, zo‘riqish stenokardiyasi III daraja, infarktdan keyingi kardioskleroz, funsional sinf III, surunkali yurak yetishmovchiligi II b, fraksion ajralish 40 foizdan pastlashi" tashxisi qo‘yilgan edi.