Andijonda murakkab yurak jarrohligi operasiyasi o‘tkazildi

Andijonda murakkab yurak jarrohligi operasiyasi o‘tkazildi

Akademik V.Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi yurak jarrohligi bo‘limi boshlig‘i tibbiyot fanlari doktori Ulug‘bek Axmedov rahbarligidagi shifokorlar brigadasi hamda Andijonlik shifokorlar yurakning murakkab operasiyasini o‘tkazdilar, yurakning chap qorinchasi anevrizmasini olish va tromboektomiyasi, yurak qorinchalararo arteriyasi endoarterioektomiyasi, to‘rt yurak arteriyasini shuntlash operasiyasini o‘tkazgan bemordga "Yurak ishemik kasalligi, zo‘riqish stenokardiyasi III daraja, infarktdan keyingi kardioskleroz, funsional sinf III, surunkali yurak yetishmovchiligi II b, fraksion ajralish 40 foizdan pastlashi" tashxisi qo‘yilgan edi.

Operasiya muvaffaqiyatli o‘tdi, bemor tashrixdan keyin tartibga ko‘ra, reanimasiyada bo‘ldi, salomatlik holatiga ko‘ra umumiy palataga o‘tkazildi. 

Poytaxtlik mutaxassislar yordamida umumiy holatda yana shunday 4 ta operasiya o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Andijon viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi Axborot xizmati


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!