«TADBIRKOR»NING ZARGARLIK BUYUMLARI OLIB QO‘YILDI. NEGA?

«TADBIRKOR»NING ZARGARLIK BUYUMLARI OLIB QO‘YILDI. NEGA?

Taassufki, shuncha e’tibor va imkoniyatdan oqilona foydalanish o‘rniga, noqonuniy faoliyat yuritishni kasb qilgan, belgilangan tartib-qoidalarga rioya etmayotgan fuqarolar hamon uchramoqda. Samarqand shahri Gala Osiyo mahallasida istiqomat qiluvchi, 1981 yilda tug‘ilgan fuqaro Z.R. va Azizon mahallasida yashovchi, 1990 yilda tug‘ilgan N.M.lar  ham qonunga bepisandlik bilan qaraydiganlar toifasidan bo‘lib chiqdi. Ular davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan zargarlik buyumlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan. Bu ikkovlonning qonunni chetlab o‘tishga urinishlari uzoqqa cho‘zilmadi. Viloyat Davlat soliq boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tekshirish jarayonida «tadbirkorlar»ning noqonuniy faoliyati fosh etildi.

-Tekshirish jarayonida fuqaro Z.R.dan 34 million 444 ming 10 so‘mlik va fuqaro N.M.dan 379 million 294 ming 570 so‘mlik zargarlik buyumlari daliliy ashyo sifatida olib qo‘yildi, - deydi viloyat davlat soliq boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Shamil Mutalibov. - Xalqimizda “Noqonuniy ish — keltirar tashvish”, degan purhikmat naql bejiz aytilmagan. Zero, o‘rnatilgan tartib-qoidalarga muvofiq ish yuritgan insonning yuzi shuvit bo‘lmaydi.

Manba:zarnews.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!