SUM yonidagi ayanchli holatni "GAI" ham eplay olmayapti

SUM yonidagi ayanchli holatni "GAI" ham eplay olmayapti

“Toshkent univermagi” (xalq tilida SUM) shohbekatiga kiruvchi avtobus haydovchilari yengil mashinalarning shohbekatni "egallab olganidan" (suratda) anchadan buyon aziyat chekmoqda, deb yozmoqda “Toshshahartransxizmat”.

Masalan, 12 noyabr kuni “Toshshahartransxizmat” xodimlari shohbekat hududida yengil avtomobillarning avtobuslar harakatiga halaqit berayotgani, muammoni bartaraf etishga yordam berishlarini so‘rab, yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasiga murojaat qilgan. Inspektorlar qisqa muddatda bu yerdagi sun’iy tirbandlikni tarqatib ketishgan.

Ammo oradan 10 daqiqa o‘tmay, yana “eski hammom eski tos”, shohbekat xususiy yengil avtomobillarning turar joyiga aylanib ulgurgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!