Spiker shifokorlar statistika uchun "COVID-19"dan o‘limlar sonini yashirganini oshkor etdi

Spiker shifokorlar statistika uchun "COVID-19"dan o‘limlar sonini yashirganini oshkor etdi

Qirg‘iziston parlamenti spikeri Kanat Isayev shifokorlar pandemiya paytida statistikani kamaytirib ko‘rsatish uchun COVID-19’dan o‘limlar sonini yashirganini ma’lum qildi. «Kabarlar»ning yozishicha, bu haqda u parlament yig‘ilishida Mehnat va ijtimoiy rivojlanish vaziri lavozimiga nomzodi ko‘rsatilgan Aida Ismoilovaga qarata murojaat qilganida aytgan.

«Bosh vazir o‘rinbosari bo‘lgan paytingizda qirg‘iz xalqi pandemiyaga duchor bo‘ldi. Ushbu kasallik tufayli qancha odam vafot etdi? Davolash protokoli bir necha marta o‘zgartirildi. Bu kasallik avval mamlakatimizda aniqlangan bo‘lsa, boshqa gap edi. Axir hammasi Xitoyda boshlandi, keyin Italiya va Rossiyada tarqaldi. Noto‘g‘ri davolash oqibatida mingdan ortiq fuqarolarimizni yo‘qotdik. Menda shifokorlar koronavirusdan o‘limni yashirib, odamlar yurak xastaligi tufayli vafot etgan, deb yozishgani haqida aniq ma’lumot bor. Statistikani kamaytirib ko‘rsatish maqsadida shunday qilishgan. Dalillar bor», — degan Isayev.

Shuningdek, Aida Ismoilova bosh vazir bo‘lgan hukumat aybi bilan kasallik shu darajaga kelganligini ta’kidlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!