Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida yana bir rahbar o‘zgardi

Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida yana bir rahbar o‘zgardi

Bugun, 6 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida yangi lavozim tayinlovi amalga oshirildi.
 
Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori lavozimiga Azamat Farhodovich Yusupov tayinlandi.
 
Unga, avvalo, aholiga sifatli va xalqaro talablar asosida ixtisoslashtirilgan, yuqori texnologik tibbiy yordam ko‘rsatish, diabetik retinopatiya, tug‘ma katarakta kabi qator kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha strategiya ishlab chiqish, bolalar oftalmologiyasini rivojlantirish, shu jumladan, ularda sun’iy gavhar implantasiyasini keng yo‘lga qo‘yish, shuningdek, ko‘z kasalliklarini erta aniqlash, diagnostikasi va davolash standartlarini yangilash, ixtisoslik bo‘yicha kasalliklarga tashxis qo‘yish hamda oldini olishda samarali yondashuvlardan unumli foydalanish kabi vazifalar yuklandi.
 
Ma’lumot uchun, 49 yoshli tibbiyot fanlari doktori Azamat Yusupov Buyuk Britaniya va Amerika Qo‘shma Shtatlarining nufuzli universitetlari klinikalarida o‘qib, malaka oshirgan. Ingliz va turk tillarini mukammal biladi.
 
Azamat Yusupov ayni paytga qadar  “Sihat ko’z” MCHJ xususiy klinikasida bosh shifokor lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Qalampir.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!