Sirdaryodagi texnogen ofatdan keyin tiklash ishlariga jalb qilingan “Ko‘prikqurilish” tresti ishchilariga maosh berilmaganmi?

Sirdaryodagi texnogen ofatdan keyin tiklash ishlariga jalb qilingan “Ko‘prikqurilish” tresti ishchilariga maosh berilmaganmi?

"Sardoba" suv omboridagi texnogen falokat oqibatlarini bartaraf etishda hamda Gulistonda kislorod balloni portlagan sport majmuasini tiklash ishlarida ishtirok etayotgan "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ tarkibidagi korxona ishchilari maoshsiz ishlamoqda, degan xabar ijtimoiy tarmoqlar va elektron OAVlarda tarqaldi. Mazkur xabarga "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ rasmiy bayonot berdi.

Ma’lum qilinishicha, Sirdaryo viloyatidagi tiklash-qurilish ishlariga "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ va uning tarkibiga kiruvchi “Ko‘prikqurilish” tresti ishchilari jalb qilingan. 

O‘rganish jarayonida haqiqatdan ham tiklash ishlariga jalb qilingan “Ko‘prikqurilish” tresti otryadlari ishchilarining oylik maoshlari o‘z vaqtida berilmagani aniqlangan. Buning asosiy sabablari hozirgi tiklash ishlarini bajarish davrida asosiy e’tibor avval shartnoma, moliyalashtirish va boshqa qog‘ozbozliklarni kutib o‘tirmasdan, yuz bergan falokat oqibatida zarar ko‘rgan inshootlarni tezlik bilan tiklash maqsadida juda katta kuch va texnikalar jalb etilib, qurilish-montaj ishlari amalga oshirish boshlab yuborilgani, endilikda esa barcha hujjatlar rasmiylashtirilayotgani bildirilgan.

"Ushbu holatni to‘liq bartaraf etish va bu kabi ish haqi cho‘zilishi takrorlanmasligi uchun byudjet mablag‘larini kutib o‘tirmasdan tijorat banklari kreditlarini jalb qilish bo‘yicha muzokaralar boshlab yuborildi. Bir hafta muddatida “Ko‘prikqurilish” tresti otryadlarining barcha ish haqidagi qarzdorliklari to‘liq bartaraf etilishi belgilab olindi", deyiladi bayonotda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!