Sirdaryoda ko‘plab xonadonlarning «sho‘rini quritgan» ashaddiy o‘g‘riga sud hukmi o‘qildi

Sirdaryoda ko‘plab xonadonlarning «sho‘rini quritgan» ashaddiy o‘g‘riga sud hukmi o‘qildi

Oqoltin tumanida yashovchi, ayni paytda 20 yoshli Zarif Boyqulov (ism-shariflar o‘zgartirilgan) bolaligidan takasaltang, dangasa, eng achinarlisi, jinoiy qilmishlarga moyil bo‘lib ulg‘aydi. Buni u hali voyaga yetmay turib, 16 yoshiga kirib, jinoyat ko‘chasiga kirgani, 20 yoshigacha naqd 3 marta sudlanganidan ham bilib olish mumkin.

Zarif har safar aynan o‘g‘irlik jinoyati uchun sudning qora kursisiga o‘tirgan, shu ishni o‘ziga kasb qilib, yengil yashashga o‘rgandi.

Lekin, birinchi marotaba sudlanishida axloq tuzatish ishi jazosi tayinlanib, Jinoyat kodeksining 72-moddasi tartibida sinov muddati belgilangani, bir maratoba axloq tuzatish ishi jazosi tayinlanganidan, o‘ziga tegishli xulosa chiqarmagan.

Shundan keyin, Z.Boyqulov 2020 yil 05 iyul kuni soat 13:00 larda M.Ummatkulovaning yashash xonadoniga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, xonadon ichidan 3.500.000 so‘mlik tilla taqinchoqni, bir dona narxi 8.000.000 so‘mlik ayollar qo‘liga taqiladigan tilla braslet,  bir dona narxi 4.000.000 so‘mlik tilla taqinchoq, bir dona narxi 3.000.000 so‘mlik tilla sepochka va kulon taqinchoq, bir dona narxi 2.000.000 so‘mlik tilla uzuk, bir dona narxi 2.000.000 so‘mlik ayollar tilla sepochkasi, bir dona narxi 7.000.000 so‘mlik kardinal nomli ayollar tilla zanjiri, bir dona narxi 6.000.000 so‘mlik feruza toshli tilla uzuk, bir dona narxi 2.000.000 so‘mlik polkovnik nomli tilla uzuk, bir dona narxi 3.000.000 so‘mlik qo‘yosh ko‘zli tilla uzuk, bir dona narxi 3.000.000 so‘mlik feruza ko‘zli tilla uzuk, bir dona narxi 1.500.000 so‘mlik tilla sirg‘a, bir dona narxi 1.500.000 so‘mlik erkaklar nikoh uzuk hamda 2.420.000 so‘m pullarni o‘g‘irlab voqea joyidan yashiringan.

O‘g‘irlangan narsalar tugagach, Z.Boyqulov 2020 yil 13 iyul kuni soat taxminan 10:30 larda G.Shamuratovaning uyini ham tunab, “qoshiq, vilkalar” jamlanmasi, 100 AQSh dollarlik chamadon, kumushdan yasalgan narxi 400.000 so‘mlik erkaklar zanjirini, kumushdan yasalgan narxi 200.000 so‘mlik ayollar bilak uzugini, bir dona sariq rangli narxi 20.000 so‘mlik ayollar uzugini, 100.000 so‘mlik “Samsung” rusumli telefon apparati, 50.000 so‘mlik “Fly” rusumli telefon apparatlarini o‘g‘irlab, o‘g‘irlangan buyumlarning bir qismini tanishiga 280.000 so‘mga sotib yuborgan.

Z.Boyqulov o‘zini to‘xtatalmay, shu ishlni qasb qilib olib, yana 2020 yil 22 avgust kuni soat taxminan 12:30 larda G.Maraimovaning uyiga kirish darvozasi qulfi va oynasini buzish yo‘li bilan kirib, uy ichida turgan ayollar karmonidan 3200 AQSh dollari, 10450 Rossiya rubli va 100 Yevro pullarini va bir dona sariq rangli umumiy bahosi 1.700.000 so‘mlik ayollar sepochkasini, bir dona sariq rangli pushti ko‘zli umumiy bahosi 1.000.000 so‘mlik ayollar uzugini, bir dona sariq rangli, qora ko‘zli umumiy bahosi
1.200.000 so‘mlik ayollar uzugini, bir juft sariq rangli, ko‘k ko‘zli umumiy bahosi 1.600.000 so‘mlik ayollar sirg‘asini, bir dona kumushdan yasalgan umumiy bahosi 100.000 so‘mlik ayollar sepochkasini, bir dona umumiy bahosi 400.000 so‘mlik ayollar sirg‘asini jami narxi 6.000.000 so‘m bo‘lgan tilla va kumush taqinchoqlarini o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringan.

Shundan so‘ng, o‘g‘ri yigitcha qo‘lga olinib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga ehtiyot chorasi sifatida “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo‘llanildi, shu vaqtda uning otasi hayotdan ko‘z yumdi, tabbiy hol Z.Boyqulov  otasining dafn marosimiga ham qatnashaolmadi.

Mazkur ish ochiq sud majlisida  ko‘rib chiqilib, sudning hukmiga ko‘ra, Z.Boyqulovga O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan JKning 60, 61-moddalari tartibida 5 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanib, jabrlanuvchilarga yetkazilgan zarar qoplash chorasi belgilandi.

Endi bir mulohaza qilib ko‘raylik.

Tegishli tarbiyasini ko‘rmagan noqobil farzand navqiron 21 yoshiga kelib, bir necha marotaba sudlanib, ozodlikdan mahrum etildi. Shundan kimga naf? 

Bundan tashqari voyaga yetmay turib, jinoyatchiga aylangan yigitning taqdiriga va yurish-turishiga oila a’zolari, mahalla faollari, o‘quv yurtining ma’muriyati hamda hudud profilaktika inspektorining loqaydlik bilan qaragani, u bilan do‘stona muloqotga kirishib, yetarlicha chora-tadbirlar belgilanmagani tufayli 3 yil mobaynida 3 marotaba sudlangani har qanday kishini o‘ylantirib qo‘yadi, oila a’zolari o‘g‘lini to‘g‘ri yo‘lga sololmagan ekan, bu muammoni jamoatchilik aralashuvi bilan hal qilish mumkin edi-ku?! O‘z vaqtida to‘g‘ri yo‘lga kirganida va uning tarbiyasi bilan lozim darajada karganida, shu yigitcha tuzalish yo‘liga kirib, Vatanimiz ravnaqi uchun o‘z hissasini qo‘shgan bo‘lar edimi?

B.Mamadaminov,
Sirdaryo viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi

F.Suvankulov,
Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzaobod tuman sudining raisi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!