Sirdaryoda jinoyat: “Toyota camry”ning orqa o‘rindig‘iga nima yashirilgan edi?

Sirdaryoda jinoyat: “Toyota camry”ning orqa o‘rindig‘iga nima yashirilgan edi?

Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan avtomobil ehtiyot qismlarining noqonuniy olib o‘tilishiga doir navbatdagi bojxona qoidabuzarligi fosh etildi. 

Bu haqda davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar qildi.

Qo‘shni davlatdan “Sirdaryo” chegara bojxona postiga “Toyota camry” rusumli yengil avtomashinada kelgan fuqaro A.X.ning bezovtalanishi bojxonachilarning diqqatini tortdi. Natijada avtomashina xolislar ishtirokida bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Ushbu shaxs deklarasiyalanmagan, bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida taqdim qilmagan 2 xil turdagi 6 dona avtomobil ehtiyot qismlarini orqa o‘rindiq orqasida yashirincha olib o‘tmoqchi bo‘lgan. Ekspertlar tomonidan ehtiyot qismlar 3,5 million so‘m qiymatida baholandi. 

Hozirda mazkur holat bo‘yicha tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Manba: uza.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!