Shokolad qutisiga yashirilgan “Opiy” fosh etildi

Shokolad qutisiga yashirilgan “Opiy” fosh etildi

Davlat bojxona qo‘mitasining Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorligida Toshkent halqaro aeroporti orqali yurtimizga narkotik moddalarni olib kirishga uringan shaxs to‘xtatib qolindi.

Xorijdan Toshkent xalqaro aeroportiga uchib kelgan fuqaro Z.Q. (ism shariflari o‘zgartirilgan) yashil yo‘lakdan harakatlanish chog‘ida to‘xtatilib, belgilangan tartibda xolislar ishtirokida bojxona nazoratdan o‘tkazildi.

Natijada, uning yuklari orasida 34 dona rangsiz paketchalarga qadoqlangan holda shokolad qutisiga solingan, to‘q jigarrangli, o‘ziga hos o‘tkir hidga ega, shubhali moddalar borligi aniqlandi.

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ushbu fuqarodan ashyoviy dalil sifatida olingan moddalar vazni 200,75 grammni tashkil etuvchi opiy giyohvandlik vositasi ekanligini tasdiqladi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: zamin. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!