SHHT sammiti kuzga ko‘chirildi

SHHT sammiti kuzga ko‘chirildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin SHHT sammitini kuz mavsumiga ko‘chirishga qaror qildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti. 

"SHHT sammiti 22-23 iyul kunlari Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan edi. Barcha mamlakatlarda muvaffaqiyatli hal qilinmagan epidemiologik vaziyat tufayli uni kuzga ko‘chirishga qaror qilindi. Sammitni videoaloqa orqali o‘tkazish nazarda tutilmagan, batafsil fikr almashib olish uchun yuzma-yuz uchrashuv kerak", - deyilgan xabarda.  

Ayni vaqtda Shanhay hamkorlik tashkilotida O‘zbekiston, Rossiya, Xitoy, Hindiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Pokiston a’zo davlatlar, Afg‘oniston, Belarus, Eron va Mo‘g‘uliston kuzatuvchi davlatlar hisoblanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!