Shanxaylik erkak sevimli qo‘shiqchisining konsertiga chiptalarni topish uchun tonnalab chiqindini titib chiqdi

Shanxaylik erkak sevimli qo‘shiqchisining konsertiga chiptalarni topish uchun tonnalab chiqindini titib chiqdi

Xitoyning Shanxay shahrida bir ayol turmush o‘rtog‘ining sevimli qo‘shiqchisi konsertiga ikkita chiptani bilmasdan axlatga tashlab yubordi, so‘ng uni topish maqsadida tonnalab chiqindilarni titishga majbur qildi, deb xabar bermoqda AsiaOne.

Ayol pochta orqali konvert olgan, ichida keraksiz kvitansiya bor deb o‘ylab, uni axlat chelagiga tashlab yuborgan. Ertasi kunigina ayol unda Tayvan-Amerika qo‘shiqchisi Uilber Panning konsertiga chiptalar borligini anglab yetgan. Turmush o‘rtog‘i shu konsertga tushishni istayotgan edi.

Shanxayda axlat quruq, ho‘l va qayta ishlanadigan turlarga ajratib tashlanadi va bir necha kun maxsus konteynerlarda saqlanadi. Axlat yig‘uvchilar ko‘magidan foydalanib, erkak uch tonna quruq chiqindini titib chiqdi va oxiri, chiptalarni topdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!