Sayyor sudda valyutafurushga jazo tayinlandi

Sayyor sudda valyutafurushga jazo tayinlandi

B.Bozorov 2019 yil 2 fevral kuni soat taxminan soat 15:00 larda, Guliston shahar Chexra palace nomli mehmonxona yonida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirga xaridor sifatida ishtirok etishga jalb qilingan U.Ulashovga 42.250.000 so‘m miqdordagi qiymatga teng bo‘lgan 5000 AQSh dollarining (har bir AQSh dollarini 8.450 so‘mdan qora bozor kursida hisoblab) jami 42.250.000 so‘mganoqonuniy sotgan vaqtida ushlangan.

Mazkur jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Sirdaryo viloyati Guliston shahar sudi tomonidan 2019 yil 9 aprelda sayyor sud majlisida ko‘rib chiqildi.

O‘tkazilgan sud majlisi davomida sudlanuvchi B.Bozorov aybiga to‘liq iqror va qilmishidan chin ko‘ngilda pushaymon bo‘lib, ko‘rsatma berdi hamda uning sodir qilgan jinoyati guvohlarning ko‘rsatmalari, jinoyat ishida to‘plangan ob’ektiv dalillar bilan o‘z tasdig‘ini topdi.

Sudning hukmi bilan B.Bozorovga O‘zbekiston Respublikasi JKning 177-moddasi 2-qismi bilan JKning 57-moddasini qo‘llab, eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida 10.136.500 so‘m jarima jazosi tayinlandi.

Ashyoviy dalil tariqasida olingan 5.000 AQSh dollarini davlat egaligiga o‘tkazish belgilandi.

Manba: darakchi. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!