SanJayga Sherali Jo‘rayevning «Karvon», «Gulbadan» kabi qo‘shiqlarining cover-versiyasini aytish taqiqlandi

SanJayga Sherali Jo‘rayevning «Karvon», «Gulbadan» kabi qo‘shiqlarining cover-versiyasini aytish taqiqlandi

O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayevning «Karvon», «Gulbadan» kabi qo‘shiqlari cover-versiyasini kuylagan xonanda SanJay 26 noyabr kuni Intellektual mulk qo‘mitasiga chaqirildi. Xonandaning ma’lum qilishicha, Sherali Jo‘rayev oilasi tomonidan qo‘mitaga mualliflik huquqi buzilayotgani yuzasidan murojaat qilingan. Bu haqda "Daryo" yozmoqda.

«Birinchidan, men ‘Karvon’ qo‘shig‘i yuzasidan she’r muallifi Usmon Azim bilan shaxsan gaplashganman. Ikkinchidan, istalgan qo‘shiqni istalgan xonanda ijro etyapti. Nimaga Shohruhxon aytadi, Jahongir Otajonov aytadi, ularga hech kim hech narsa demaydi, lekin men aytsam bo‘lmaydi? Chunki bu Sherali Jo‘rayevning qo‘shig‘i-da, qolganlarning ishi yo‘q. ‘Karvon’, ‘Gulbadan’ va hali chiqarishga ulgurmagan ‘Atirgulim, atringni soch’ qo‘shiqlarini men boshqa aytmasligim kerak ekan. Butun dunyoda hamma qo‘shiqlar cover qilib aytiladi, lekin O‘zbekistonda hech qachon bir-birini ko‘ra olmaydi, bir-birini qo‘llab-quvvatlay olmaydi. Aziz muxlislarim, bundan keyin mendan ‘Karvon’, ‘Gulbadan’ va hali chiqishga ulgurmagan ‘Atirgulim, atringni soch’ qo‘shiqlarimni so‘ramanglar, bularni boshqa aytmaymiz. Bu qo‘shiqlarni Sherali Jo‘rayev oilasi bilan birga Usmon Azim yostig‘ining tagiga qo‘yib, u dunyoga o‘zlari bilan olib ketsin, men roziman shunga», — deydi xonanda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!