Samarqandda “LR LAND ROVER” MCHJ kreditga mashina olib berish va’dasi bilan fuqarolarning pullarini o‘zlashtirdi

Samarqandda “LR LAND ROVER” MCHJ kreditga mashina olib berish va’dasi bilan fuqarolarning pullarini o‘zlashtirdi

Qashqadaryo viloyatida yashovchi fuqaro viloyat hokimining messenjeriga ariza bilan murojaat qilib, 2020 yil may oyida Samarqand shahri Dahbet ko‘chasida joylashgan “LR LAND ROVER” MCHJga kredit asosida “Jentra” rusumli avtomashina olish uchun murojaat qilgangini, ular o‘rtasida shartnoma tuzilganidan keyin, ma’lum bir muddatga ushbu mashinani boshqa bir fuqaro nomiga rasmiylashtirib, jadval asosida belgilangan muddatda to‘lovlarni amalga oshirish sharti bilan avtomashinani berganligini, u tomonidan to‘lov vaqtida amalga oshirib kelinayotganligi, 2021 yil iyun oyida jamiyat direktori M.M. unga telefon qilib, “transport vositasini nomingizga rasmiylashtirib beramiz”, deb chaqirtirib, avtomashinani olib qo‘yganligini va hozirgi kunga qadar avtomashinani rasmiylashtirib bermasdan kelayotganligini bildirgan.

Mazkur arizaga asosan, Samarqand viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, “LR LAND ROVER” MCHJ raxbari M.M. yuqoridagi holatdan tashqari, bir qator fuqarolarni aldab ishonchiga kirib, mol-mulkini qo‘lga qiritayotganlini aniqlandi.

Jumladan, B.SH. va boshqalar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ariza bilan murojaat qilib, unda ushbu jamiyat direktori M.M. 10-15 kun muddat ichida turli rusumdagi avtomashinalarni olib berishni va’da qilib, ulardan 2019 yil oktyabr oyidan va 2020 yil noyabr oyiga qadar bo‘lgan davrda ulardan 50 mln. so‘mdan 120 mln. so‘mgacha pul mablag‘larini olib, hozirgi kunga qadar avtomashina olib bermasdan aldab kelayotganligi bois, direktori va jamiyatning boshqa xodimlariga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Shuningdek, o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, “LD LAND ROVER” MCHJ direktori fuqarolarga avtotransport vositalarini 1 ish kuni va boshqa qisqa muddatlarda sotib olib berishni va’da qilib, ularning ishonchiga kirib, 2019 yil oktyabr oyidan 2021 yil may oyiga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida firibgarlik yo‘li bilan 16 nafar fuqaroning jami 550.479.685 so‘m pul mablag‘larini qo‘lga kiritib, fuqarolarga avtotransport vositalarini yetkazib bermasdan va ushbu pul mablag‘larini jamiyat hisob raqamiga kirim qilmasdan, o‘zining ehtiyojlariga sarflab yuborganligi aniqlangan.

Mazkur yuzasidan joriy yilning 29 iyul kuni Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan MCHJ direktori M.M. va jamiyatning boshqa mas’ul shaxslariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Samarqand viloyati IIB ushbu MCHJ dan jabr ko‘rgan fuqarolardan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limiga murojaat qilishlarini so‘radi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!